“Bunyodkor” - “Al-Nasr”: chiptalar sotuvi boshlandi

Narzulla Saydullayev
26 fev 2016
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 1 mart kuni OCHL-2016 2-turida Ar-Riyodning “Al-Nasr” klubini qabul qiladi.

“Bunyodkor” stadioni mamuriyati “Bunyodkor” – “Al-Nasr” uchrashuviga kirish huquqini beruvchi chiptalar sotuvga chiqarilganligini ma'lum qiladi.

Chiptalar ikki xil toifada sotilmoqda. 1-TOIFA – 15.000 so'm, VIP – 35.000 so'm. Stadion kassalari 09:00dan 18:00ga qadar ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” – “Al-Nasr” uchrashuvi 1 mart kuni “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com