"Bunyodkor-2003" Rossiyadagi xotira musobaqasida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2014, 08:53
24 martdan 8 aprelga qadar Rossiyaning Dagomis shahrida marhum Valentin Bubukin xotirasiga bag'ishlangan hisob bo'yicha 6-musobaqa bo'lib o'tadi.
Ushbu memorial 2009 yilda start olgan va hozirga kelib bolalar o'rtasidagi eng yirik musobaqalardan birga aylandi. Unda 160dan ortiq jamoalar ishtirok etishadi.

Toshkentning "Bunyodkor" futbol akademiyasining 2003 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoa 23 mart kuni Toshkent-Sochi yo'nalishi bo'yicha parvoz qilib 24 mart kuni tongda Sochiga yetib bordi. Musobaqa tashkilotchilari tomonidan ajratilgan avtobusda yosh futbolchilar Dagomis shahriga yetib borishdi. Kecha "Bunyodkor" vakillari dastlabki mashg'ulotlarni ham o'tkazishga ulgurishdi.

Bu musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Bunyodkor"ga omad tilab qolamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia