Musobaqada mezbonlar “Sungdo” (Xitoy), “Kiongido” (Janubiy Koreya), “Yusonyon” (Shimoliy Koreya) va “Bunyodkor” (O'zbekiston) jamoalari ishtirok etishmoqda.
Guruh bosqichi bahslari yakunlanib, finalchilar va 3-o'rin uchun bo'ladigan bahs ishtirokchilari ma'lum bo'ldi.
Otabek G'ulomxo'jaev boshqaruvidagi “Bunyodkor-2000” guruhning so'nggi o'yinida Janubiy Koreyaning “Kiongido” jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Gollarga Abdunozir Abdurahmonov va Abubakir Mo'ydinov mualliflik qilishdi. Guruhning ikkinchi o'yinida “Yusonyon” (Shimoliy Koreya) mezbonlarning “Sungdo” jamoasidan 2:0 hisobida ustun keldi. Musobaqa taqvimiga ko'ra, guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan “Yusonyon” (Shimoliy Koreya) va “Bunyodkor” jamoalari hal qiluvchi final o'yinida ishtirok etadilar. Uchinchi va to'rtinchi pog'onanini band etgan “Sungdo” (Xitoy) va “Kiongido” (Janubiy Koreya) jamoalari turnirning bronza medallari uchun kuch sinashadilar.
Final uchrashuvi 2 fevral kuni bo'lib o'tadi.