

Mazkur uchrashuvdan keyin mehmonlar yetakchi futbolchisi Bunyod Shodiev fikrlariga quloq tutdik.

"Bugungi o'yin oson kechmasligini oldindan bilardik. "Aral Samali" ham xuddi biz kabi g'alaba qozonish uchun maydonga chiqqandi. Xudoga shukrki, omad bizga kulib boqdi va muhim g'alabani qo'lga kiritdik.
Keyingi o'yinimizni Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazamiz. Juda qiyin o'yinda bo'ladi. Bundan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz bor. Ko'pchilik "So'g'diyona"ni mazkur bahsda yaqqol favorit deyishi mumkin. Biz ham g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz".



