"Buni "Real"dan so'rang!" - Xansi Flik Madrid klubining Kubokdan chiqib ketganiga shama qildi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2026
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi-Diter Flik Ispaniya Kubogi yarim finali doirasidagi "Atletiko"ga qarshi bahs oldidan qiziqarli fikrlarni bildirib o'tdi.

Germaniyalik mutaxassis "ko'k-anorranglilar"ning Kubokdagi "oson" yo'li haqidagi tanqidlarga keskin javob qaytardi.

"Real"ga yo'llangan "salom": "Barselona" yarim finalga qadar "Gvadalaxara", "Rasing" va "Albasete" kabi nisbatan kuchsiz jamoalarni mag'lub etdi. Jurnalistning "Raqiblaringizni past baholayotganlarga nima deysiz?" degan savoliga Flik kulimsirab javob berdi:

"Buni "Real"dan so'rang. Segunda jamoalarini ham hurmat qilish kerak. "Albasete" va "Rasing" o'z darajasini ko'rsata oldi va hatto La Liga klublarini musobaqadan chiqarib yubordi (eslatib o'tamiz, "Real"ni aynan "Albasete" mag'lub etgan)".

Energiyani tejash muhim: Flik Madrid klubi bilan doimiy bahs-munozaralarga kirishish niyati yo'qligini ham ta'kidlab o'tdi:

"Madrid bilan tortishishdan mano yo'q. Bu shunchaki energiyani behuda sarflash, menga esa bu yoqmaydi. Biz bor e'tiborimizni o'z o'yinimizga qaratishimiz kerak".

Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Atletiko" o'rtasidagi yarim finalning dastlabki uchrashuvi ertaga bo'lib o'tadi. "Barsa" tarkibida jarohat tufayli Markus Reshford va Rafinya maydonga tusha olmasligi avvalroq xabar qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As