Bundesliga jamoalarining muxlislar uchun abonement narxlari ma'lum bo'ldi

30 iyun 2019, 17:50
Bundesligani kelasi mavsum uchun klublarning abonement narxlari ma'lum qilindi.

Unga ko'ra, fan-sektorning eng qimmat abonementlari 4 yil o'tib Bundesligaga qaytgan "Paderborn" jamoasiga tegishli (225 evro).

Eng arzon mavsumiy abonement esa "Bavariya" va "Volfsburg" klublarida sotilayotgani ma'lum bo'ldi. Ularning narxi 145 evroga teng.

Qolgan jamolarda abonoment narxlari quyidagicha: 

"Borussiya D" - 219 evro

"Gerta" - 199 evro

"Shalke" - 190,5 evro

"Bayer", "Borussiya M" - 190 evro

"RB Leyptsig" - 180 evro.


Manba: sport.sky.de