Bundesliga. “Bavariya” ishonchli g'alabaga erishdi va peshqadamligini mustahkamladi

Eldor Akmurzayev
8 mar 2020
Germaniya chempionati 25-turidan o'rin olgan “Alyanc Arena”dagi bahs yakunlandi.

Uchrashuvda maydon egalari 2:0 natijasi bilan zafar quchishdi. Myunxenliklar safida gollarni Tomas Myuller hamda Leon Goretcka urishgan. 

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin “Bavariya” hisobidagi ochkolar soni 54taga etdi va ular jadvalda yetakchilik qilishda davom etishmoqda.

Bavariya – Augsburg 2:0 (0:0, 2:0)

Alyanc-Arena

Gollar: 1:0 – 53 Myuller, 2:0 – 90 Goretcka.

Bavariya – Noyer, Pavar, Alaba, Boateng, Kimmix, Alkantara (Martines, 85), Devis, Koutino (Lyuka Ernandes, 85), Gnabri, Zirkzee (Goretcka, 70), Myuller.

Augsburg – Lyute, Edvay (Uduoxay, 80), Maks (Vargas, 67), Gaueleu, Yago, Bayer, Leven (Finnbogason, 76), Rixter, Xedira, Framberger, Niderlexner.

Ogohlantirish: Alkantara (85).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia