Bugun "Qo'qon-1912" havorang, “Lokomotiv” esa qizil liboslarda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2018
Qo'qondagi “Markaziy” stadionda Superliga 16-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” o'yinidan oldingi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda har ikki jamoa vakillari va uchrashuv komissari M.Saidqosimov  ishtirok etishdi va o'yin oldi jarayonlari hamda jamoalar bugun qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari borasida kelishib olishdi.

Unga ko'ra, bugungi bahsda mezbonlar “Qo'qon-1912” jamoasi havorang formalarda, darvozabon qizil-qora libosda maydonga tushadi. Mehmonlar “Lokomotiv” futbolchilari esa qizil  liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz