Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarus U19 bilan o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
16 noya 2015
Bugun Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarus U19 terma jamoasi bilan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Dastlabki o'yinda vakillarimiz 1:0 hisobida zafar quchishgandi. Bugungi bahs Toshkentdagi "Jar" stadionida soat 14:00da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U19 terma jamoasi keyingi yil Bahraynda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ma'lumot uchun, U-19 Osiyo chempionati 2016 yil Bahrayn mamlakatida bo'lib o'tadi. Musobaqa 13 oktyabrda boshlanib 30 oktbyar kuni yakuniga etadi. Qita chempionatida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia