

Yil yakunilariga bag'ishlangan marosimda turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilar aniqlanadi. Jumladan yilning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi murabbiyi bilan bir qatorda, eng yaxshi hakam, O'zbekiston Milliy Chempionati to'purari, eng yaxshi matbuot xizmati, yilning eng foydali o'yinchisi hamda yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi kabi nominaciyalarda g'oliblar aniqlanadi va taqdirlanadilar.



