Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Paxtakor"

Xayrulla Xoliqov
23 may 2022
Bugun bo'lib o'tadigan uchta o'yin bilan Superliganing 10-tur uchrashuvlari davom etadi.

Muxlislar Toshkentda poytaxt derbisi guvohi bo'lishadi. Negaki "Lokomotiv" bu turni o'z maydonida "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi. Turnir jadvalida "Loko" 12 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. "Paxtakor" esa 14 ochko to'plagan holda 5-o'rinda boryapti. 

"Lokomotiv" o'tkazilgan 9 o'yinda 4 marta g'alaba qozonib, 5ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 11-11. "Paxtakor" 8ta uchrashuvdan uchtasida g'alabaga erishib, 5 bor durang o'ynadi hamda hozircha mag'lubiyatga uchragani yo'q. To'plar nisbati 8-4.

Bilasizmi? "Lokomotiv" oxirgi to'rt o'yindan uchtasida g'alaba qozondi. "Temiryo'lchilar" uyda "Surxon"ni mag'lub etib, safarda "Neftchi" va "Olimpik"dan ustun kelishdi.  

Fakt: "Paxtakor" oxirgi 4ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Bu jamoa AGMK, "Nasaf", "Surxon" va "Qo'qon-1912" bilan o'yinlarda faqat durang qayd etdi. "Paxtakor" oxirgi g'alabasini 4-turda nishonlagan bo'lib, "Navbahor"dan 1:0 hisobida ustun kelgandi.

23 may, dushanba

19:00. LOKOMOTIV – PAXTAKOR

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Shohruh A'zamov, Shohnur Yo'ldoshev, Doston Mirzaraimov.

Nazoratchi: Igor Nexochin

VAR hakami: Asker Najafaliev

VAR assistent: Maksim Nexochin

VAR nazoratchisi: Vladislav Seytlin

Komissar: Sherzod Rajabov


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia