Bugun bizni super to'qnashuv - "El Klassiko" kutib turibdi. Taxminiy tarkiblar, o'zaro o'yinlar statistikasi

Aslanov Jasurbek
26 okt 2024
Bugun, 26 oktyabr kuni "Real Madrid" hamda "Barselona" o'rtasida LaLiganing 11-tur bahsi bo'lib o'tad.

Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladigan bahs oldidan e'tiboringizga ushbu uchrashuvga oid bazi ma'lumtlarni taqdim etamiz.


O'zaro o'yinlar statistikasi

Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlar soni 257tani tashkil qiladi. Ushbu o'yinlarning 106tasi "Real Madrid" g'alabasi bilan yakun topgan. "Barselona" hisobida esa roppa-rosa 100ta g'alaba mavjud. 51ta bahsda tomonlar durangga rozi bo'lishgan. Gollar soni bo'yicha ham ustunlik "Qirollik klubi"da: 436-419.


Jarohat tufayli bahsda ishtirok etmaydiganlar

Ushbu bahsda "Real"ga quyidagi futbolchilar aniq yordam bera olmaydi: David Alaba, Dani Karvaxal, Tibo Kurtua, Rodrigo.

Kataloniya klubi safidan ushbu o'yinchilar madyonga tushmaydi: Ronald Arauxo, Bernal, Andres Kristensen, Mark-Andre ter Shtegen, Ferran Torres.


Taxminiy tarkiblar

"Real Madrid": Lunin - Vaskes, Militao, Ryudiger, Mendi - Modrich, Chuameni, Bellingem - Valverde, Mbappe, Vinisius.

"Barselona": Penya - Kunde, Kubarsi, Martines, Balde - Kasado, Pedri - Lamin Yamal, Olmo, Rafinya - Levandovski.


O'zbekiston hududida "Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi "El Klassiko"ni "Zo'r Tv" telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia