Bugun Ahmedov jamoasi Gretsiya chempioniga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2014
Avstriyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Rossiyaning “Krasnodar” klubi bugun yig'indan o'rin olgan uchinchi, shu bilan birga so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Odil Ahmedov jamoadoshlari Gretsiyaning “Olimpiakos” klubiga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20.00da boshlanadi.

Avstriyada yig'in o'tkazayotgan “Krasnodar” klubi Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasiga qarshi o'tkaziladigan bugungi o'yin oldidan ikki tarkibga bo'lingan holda o'zaro nazorat uchrashuvi tashkil etdi.



“Qizil” va “ko'klar” o'rtasida bo'lib o'tgan o'yinda har bir jamoa tarkibida 10 nafar futbolchi harakat qildi. Uchrashuvning o'zi 15 daqiqadan ikki bo'lim davom etdi. “Qizillar” safida Sergey Petrov, Ari va Rikardo Laborde gol muallifi bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, “Krasnodar” Avstriya yig'inida dastlab Ozarbayjonning “Karabax” (Agdam) klubini Odil Ahmedovning yagona goli evaziga mag'lub etgan bo'lsa, ikkinchi bahsda 45 karra Shotlandiya chempioni “Seltik”ka 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Glazgoliklarga qarshi kechgan o'yinda ham yagona golni Ahmedov kiritgandi. O'ylaymizki, bugun ham anana davom etadi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com