Bugun Abduxoliqov va Shoahmedov "Al Sayliya"da debyut qilishi mumkin

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2017
O'zbekistonlik ikki futbolchi yaqinda Qatarnning "Al Sayliya" klubi bilan shartnoma tuzgandi.

Bugun "Al Sayliya" Qatar Yulduzlar ligasi 17-turida "Umm Salal" bilan o'yin o'tkazadi.

Bu uchrashuvda Temurxo'ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov debyut qilishlari mumkin. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:35da boshlanadi.

Bundan tashqari soat 18:25da "Al Xaraytiat" - "Al Xor" uchrashuvi boshlanadi. "Xaraytiat" safida o'zbekistonlik Sanjar Tursunov faoliyat olib borayotganidan xabaringiz bor.

Ma'lumot uchun, "Al Sayliya" Qatar Yulduzlar ligasida 15 ochko bilan 11-pog'onada bormoqda. "Al Xaraytiat" ham 15 ochko bilan 10-o'rinda.

QATAR YULDUZLAR LIGASI


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia