

Keyingi bosqichga chiqish masalasi Turinda bo'lib o'tgan javob uchrashuvida hal bo'ldi. Mateys de Ligt boshi bilan urgan gol Amsterdam klubini yarim finalga olib chiqdi.
Qiziq ma'lumot: 2010 yilning 18 fevralida "Ayaks" hamda "Yuventus" o'rtasida Yevropa ligasi 1/16 final uchrashuvi bo'lib o'tgan. O'sha bahsda Klaudio Markizio va Janluiji Buffonni Mateys de Ligt va Andre Onana maydonga olib tushgan ekan.

9 yil o'tib bu bolakaylar Italiya grandini Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishdi.



