Buffon, Muslera va Stekelenburg "Rubin"da o'ynashi mumkin edi

Narzulla Saydullayev
26 dek 2013
Qurbon Berdievning "Rubin"dagi yordamchisi Vitaliy Kafanov oldinroq klubga jahon darajasidagi darvozabonlarni o'z safiga qo'shib olishi mumkin bo'lgani haqida aytib o'tdi.
Kafanovning so'zlariga ko'ra klubga Janluiji Buffon ("Yuventus"/Italiya), Marten Stekelenburg ("Fulxem"/Gollandiya) va Fernando Muslera ("Galatasaray"/Urugvay).

– Bizga Buffon, Muslera, Stekelenburg va boshqa kuchli posbonlarni taklif qilishgandi, – deydi Kafanov sportsreda.ru​ nashriga. – Agar istaganimizda kuchli posbonlarni olishimiz mumkin edi. Bizda pul bor edi, ammo doim voz bundan kechardik. Menga JARda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etgan 32ta terma jamoaning 23 nafar darvozabonlarini taklif qilishgandi. Biz istalganini sotib olishimiz mumkin edi. Ammo maktabimiz yaxshi bo'lgani uchun ularni rad qilardik.

2009 yoki 2010 yilda Buffon "Yuventus"dan ketishi mumkin edi. Agar uni olib kelganimizda Sergey Rijikovni yo'qotardik. Menimcha Buffon darajasidagi darvozabonlar Rossiyaga faqat pul ishlab olish va faoliyatini tugatish arafasida kelishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru