

Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashriga bergan intervyusida u "Skuadra Adzurra" o'zining futbol falsafasidan chetga chiqqani, uning fikricha, bu futbolchilar saviyasiga salbiy ta’sir ko'rsatganini aytdi.
"Italiya terma jamoasi so'nggi 20 yil ichida shunday holatga kelib qolganidan uyalishi kerak. Hamma Ispaniyaga taqlid qilishimiz kerak deb tinmay gapirardi. Yakunda biz o'z uslubimiz, o'z maktabimizni rad etdik. Biz Fabio Kannavaro kabi futbolchilarni tarbiyalashni to'xtatdik. Hozirda uni maydonga tushirishdan uyalgan bo'lardik. Hatto Kellini ham bugungi – chiziqlar bo'ylab o'zaro paslashadigan jamoaga to'g'ri kelmasdi", – dedi Buffon.
Janluiji 1997 yildan 2018 yilgacha Italiya terma jamoasida 176 o'yinda qatnashib, rekord o'rnatgan. 47 yoshli afsona Italiya futboli va uning ananalari ramzi bo'lib qolmoqda.



