Buffon: "Italiya futboli uchun afsusdaman"

Tolibjon Qosimov
14 noya 2017
Italiya terma jamoasi sardori Janluiji Buffon Shvetsiya bilan o'yindagi durang (0:0)dan keyin ko'zida yosh va afsus bilan fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, ana shu durangdan keyin "Skuadra Adzurralar" Rossiyada bo'lib o'tadigan JCH-2018dan quruq qolishdi.

"Men o'zim uchun emas, butun Italiya futboli uchun afsusdaman. Biz shunchaki o'tish o'yinini yutqazmadik, qandaydir boshqa darajada, ijtimoiy tomonlama engildik. Xafa bo'ldim va terma jamoadagi faoliyatimni mana shunday yakunlayotganimdan afsusdaman. Lekin, milliy jamoada o'tgan davrning bir daqiqasidan ham afsuslanmayman. Men bilan jamoada birga bo'lgan va bu ajoyib sayohatni o'tkazgan barchani qattiq quchgan holda hammaga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Gol urish uchun bizga sovuqqonlik yetishmadi.


Maydonga tushganlarning har biri o'tish o'yinlari juda ham qiyin o'tishini yaxshi bilar edi. Gol urish uchun bizga sovuqqonlik yetishmadi.

O'tish o'yinlarida hammasini bugun bizga qarshi ishlagan kichik epizodlar hal qiladi. Aybni hammamiz teng bo'lishimiz kerak, birgina aybdor bo'lishi mumkin emas", - deya afsonaviy kiperning so'zlarini keltirdi "TASS".




Buffon yig'ladi. Qalblarni larzaga soluvchi fotogalereya


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ТАСС