"Bude-Glimt" avtobusi Londondagi yo'lda tiqilib qolgani sababli futbolchilar stadionga piyoda yo'l oldi

Оқил Абдубарноев
7 okt 2022
Bir necha kuni ilgari Yevropa ligasi doirasida "Arsenal" - "Bude-Glimt" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Klub avtobusi bilan yuzaga kelgan noqulaylik sababli jamoa a'zolari "Emireyts"ga piyoda borishga majbur bo'lgan.

Qayd etilishicha, avtobus London shimolidagi kichik yo'lakdagi burilish jarayonini amalga oshira olmagan va joyida qolib ketgan. Futbolchilar esa maydonga qadar piyoda sayr qilishlariga to'g'ri kelgan.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv "Arsenal"ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.




Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Talksport