"Bu yoqimsiz, lekin tabriklayman". Reshford - "Manchester Siti"ning trebli haqida

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2023
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Manchester Siti"ni treblga erishgani bilan tabrikladi.

Bu haqda "Sky Sports" xabar bermoqda.

"Manchester Siti" APL, Angliya Kubogi va UEFA Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi va mavsumni trebl bilan yakunlagan ikkinchi ingliz klubiga aylandi. Ilgari bu ishni 1998/99 yilgi mavsumda faqatgina "Manchester Yunayted" uddalagandi.

"Bu yoqimsiz. Lekin futbol o'zi shunaqa. Doimiy ravishda eng yaxshi futbol ko'rsatgan va ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan eng yaxshi jamoa ("Siti" – tahr). Ular uchta kubokni olishdi, ofarin. Biz shunchaki oldinga intilishimiz kerak. Ularni saqlab qolish "Manchester Siti"ga bog'liq. Biz ularga yetib oliamizmi yoki yo'qligi o'zimizga bog'liq.

Ularni tabriklayman. Bu – futbol. Yangilik yo 'q. Bir necha yil avvalgi "Barselona" va "Real"ni eslang – ular doimiy ravishda eng yaxshi jamoalar edi, shuning uchun ham sovrinlarni qo'lga kiritishgandi. Manchesterdagi "Man Siti" paradi bizga motivaciya beradimi? Ha, 100 foiz", – dedi Reshford.

"Siti" APLda "Yunayted"dan 14 ochko oldinga o'tib ketdi. Shuningdek, "shaharliklar" Angliya Kubogi finalida "qizil iblislar"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports