Bu qiziq! Ter Shtegenning jarohati "Barselona" uchun foydali bo'lib chiqdi

Mirjalol Normatov
26 sen 2024
"Barselona" posboni Mark-Andre ter-Shtegenning jarohati jamoadoshi Dani Olmo uchun foydali bo'ldi.

Yozda "Leyptsig"dan xarid qilingan futbolchi LaLigada mavsum yakunigacha bo'lgan muddat uchun ro'yxatdan o'tkazilgandi. Himoyachi Andreas Kristensenning jarohati sababligina klub yangi futbolchisini ro'yxatdan o'tkaza olgandi.

"Mundo Deportivo" ma'lumotiga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" endi posbonining og'ir jarohati sababli Olmoni mavsum yakunigacha bo'lgan muddatda ro'yxatdan o'tkaza oladi.

Ma'lumki, ter-Shtegen ushbu mavsumda jarohati sababli maydonga tushmaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo