Bu g'aroyib! 21 yoshli futbolchi ettinchi bor chempion bo'ldi FOTO

Narzulla Saydullayev
9 apr 2018
Germaniyaning "Bavariya" jamoasi sharafini himoya qilayotgan fransiyalik Kingsli Koman professional faoliyatini boshlagandan buyon faqat chempionlikni qo'lga kiritmoqda.

1996 yilda tug'ilgan futbolchi 2013 yildan buyon qaysi klubda o'ynasa o'sha klub safida chempion bo'lmoqda. U dastlab Fransiyaning PSJ klubi safida, so'ngra "Yuventus" safida o'ynadi, hozirda esa "Bavariya" safida to'p tepmoqda. 

2015-2016 yilgi mavsumni "Yuventus" safida boshlab "Bavariya"da ijarada tugatgani uchun ikkita chempionlik uning hisobida bor. Kuni kecha u faoliyatidagi ettinchi chempionlikka erishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: brfootball