Brunu: "Reshford golda raqibiga halaqit qilgani yo'q"

Mirjalol Normatov
14 yanv 2023, 20:13
"Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandesh "Manchester Siti"ga qarshi o'yindagi golini muhokama qildi.

Ushbu pallada Kazemironing pasidan keyin to'p Markus Reshfordga borgandi, biroq Markus to'pga tegmadi va Brunu vaziyatdan foydalanib, gol urdi.

Avvaliga Styuart Ettuell ushbu vaziyatda avvaliga offsayd belgiladi. Keyinchalik qanot hakami bilan maslahatlashib, golni inobatga oldi.

"Men darvozaga yuzma-yuz turgandim. Markus esa menga qarab turdi, poziciyamni sezdi. Uning offsaydda bo'lganini bilmagandim. Shunday bo'lsa ham u himoyachilarga hech qanday ta’sir ko'rsatgani yo'q. Bori shu", - dedi Brunu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC