Brunu Fernandesh: "Saudiya Arabistonidan bo'lgan taklifni o'ylab ham ko'rmaganman"

Mirjalol Normatov
12 okt 2025
"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh yozda Saudiya Arabistoni jamoasiga borishi mumkin bo'lganini rad etdi.

"Jahon chempionatidan quruq qolaman deb o'ylab, Saudiya Arabistoniga borishni istamaganman degan gaplar rost emas. Bu takliflarni o'ylab ham ko'rmaganman. "Manchester Yunayted"da qolishni istaganman, klub ham shuni istagan, barchasi shu.

Bu borada bir nima deya olmayman, chunki bu gaplar mening yonimda muhokama qilinmagan. Bo'lgan gaplarni esa matbuot anjumanida ochiq gapirib berganman.

Har bir ondan zavq olishim kerak, lekin hozir asosiysi - terma sharafini himoya qilish. Chunki termada o'ynash - katta g'urur. Lekin kelasi yili qayerda o'ynayman, "Manchester Yunayted"dami yoki boshqa joyda, buni bilmayman.

Hozirgi klubimdan mamnunman, aks holda ancha oldin ketgan bo'lardim. O'tgan gap-so'zlar esa menga hech qanday ta’sir qilmaydi", - dedi Brunu Fernandesh.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Mirror