Brunu Fernandesh APLda bu ko'rsatkich bo'yicha Krishtianu Ronalduga yetib oldi
Omonjon To`xtamirzayev
2 fev 2024
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya Premer-Ligasi 22-turi doirasida "Vulverxempton" bilan uchrashuvda (4:3) golli uzatma etkazib bera oldi.
Shunday qilib, Fernandesh APL doirasida o'zining 37-assistini rasmiylashtirdi va bu borada Krishtianu Ronalduga yetib oldi. Portugaliyalik futbolchilar o'rtasida faqatgina Nani Angliya chempionatida bundan ko'proq golli uzatmaga ega - 43.