Britaniyaning eng boy kishilari Top-20 reytingidan Usmonov va Abramovich joy oldi

Eldor Akmurzayev
17 may 2020
The Sunday Times Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro'yxatini e'lon qildi.

Kuchli yigirmatalikdan “Arsenal”ning sobiq akciyadori Alisher Usmonov hamda “Chelsi” xo'jayini Roman Abramovich o'rin olgan.

7-pog'onadagi Usmonovning jamg'armasi 11,68 mlrd funt tashkil etmoqda. U 2018 yil “Arsenal”dagi 30 foiz ulushini Sten Kronkega sotgan edi.

Abramovichning boyligi esa 10,16 mlrd funtga baholanmoqda va u 12-o'rinda qayd etilgan.

Reytingda yetakchi sifatida Dyson kompaniyasi (16,2 mlrd funt) asoschisi Jeyms Dayson hamda uning oilasi ko'rsatilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sunday Times