Britaniyada uchinchi marotaba karantin qoidalari kuchaytirildi. APL davom etadimi?

Eldor Akmurzayev
5 yanv 2021, 19:25
COVID-19 yangi shtammi bilan bog'liq holatlar ko'payib borayotgani tufayli Britaniya qirolligi mamlakat bo'ylab uchinchi marotaba karantin qoidalarini kuchaytirdi.

Bu haqda Bosh Vazir Boris Jonson xalqqa qilgan murojaatida e'lon qildi.

Bu APLga ta’sir o'tkazmasligi aytilmoqda. Jumladan, futbol bo'yicha yuqori diviziondan 6-diviziongacha (Janubiy va Shimoliy milliy ligalar) bo'lgan chempionatlardagi bahslar davom ettiriladi.

Biroq, havaskorlar o'rtasidagi barcha musobaqalar taqiqlangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports