“Bristol Siti”ga qarshi bahs Gvardiola uchun bosh murabbiyi sifatida 500- uchrashuv bo'ladi

Bugun Angliya Liga kubogining ½ final doirasida “Birstol Siti”ga qarshi bahs “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola uchun bosh murabbiy sifatida 500- bahs bo'ladi.

47 yoshli mutaxassis “Barselona” ustozi sifatida 247 o'yin (179 g'alaba, 47 durang, 21 mag'lubiyat), “Bavariya murabbiyi sifatida 161 ta bahs (124 g'alaba, 16 durang, 21 mag'lubiyat), “Manchester Siti” menejeri sifatida 91 ta uchrashuv (64 g'alaba, 15 durang, 12 mag'lubiya)da qo'l ostidagi jamoani maydonga boshlab tushgan.

Shu tariqa shu paytgacha Gvardiola o'z jamolari bilan 499 uchrashuvda 367 g'alaba, 78 durang va 54 bor mag'lubiyatni qayd etgan.


Manba: Sky Sports