Breytueyt faqatgina Ispaniya yoki Angliyaning kuchli jamoasi uchun "Barselona"dan ketishga tayyor

Alisher
30 iyul 2022
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt transfer bo'yicha faqatgina qiziqarli takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

31 yoshli daniyalik futbolchi faqatgina Ispaniya yoki Angliyaning kuchli klublari uchun Kataloniya klubidan ketishga rozi bo'ladi.

Shu bilan birga, Breytueytni hech bir taklif qoniqtirmasa, u "ko'k-anorranglilar" safida qolishga tayyor.

Breytueyt o'tgan mavsum kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 4ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport