Breytueyt bugun “Barsa” bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin. Unga Osiyodan mo'maygina taklif bor

Eldor Akmurzayev
1 avg 2022, 08:45
Martin Breytueytning “Barselona”dagi sarguzashtlari o'z yakuniga etmoqda.

"Sport.es" manbasiga ko'ra, daniyalik bugun shartnomasini bekor qilishi mumkin. Unga APL va La Liga klublaridan taklif bo'lgandi. Biroq, 31 yoshli hujumchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish haqida o'ylamoqda. Mahalliy klublardan biri futbolchiga katta maosh taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, Martin Breytueyt 2020 yil 18 mln evro evaziga “Leganes”dan “Barsa”ga o'tgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es