Breytueyt "Barselona" bilan shartnomani bekor qilgach, "Espanol"ga o'tadi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2022
Hujumchi Martin Breytueyt Kataloniya klubi bilan kelishuvini bekor qilgandan so'ng "Espanol" a'zosiga aylanishi mumkin.

Hujumchi ayni damda "Espanol"ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, u bugun "Barsa" bilan shartnomani bekor qilish uchun zarur bo'lgan hujjatlarga imzo chekadi.

Breytueyt "Espanol" bilan 2025 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi.

Hujumchi 2020 yilning fevralida "Barselona"ga o'tgan. U "Leganes"dan 18 million evroga sotib olingandi.

Daniyalik futbolchi "Barsa" safida 58 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano