

49 yoshli mutaxassis bilan yangi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Frank "Brentford"ni 2018 yilning oktyabrida qabul qilib oldi va klubni 2020/21 yilgi mavsum APLga olib chiqdi. "Brentford" o'tgan mavsumni 13-o'rinda yakunladi.
"Brentford" 15 turdan so'ng 10-o'rinni egallab turibdi. Jamoa mavsumning birinchi qismida "Manchester Yunayted" (4:0) va "Man Siti" (2:1)ni mag'lub etdi.




