Brendon Uilyams MYUdan ketish niyatida

Aslanov Jasurbek
3 avg 2021, 01:56
MYU himoyachisi klubdan ketish niyatida.

Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, himoyachi Brendon Uilyams hozirda o'ziga yangi klub izlamoqda. Futbolchi ijaraga bo'lsa ham, o'ziga muntazam o'yin amaliyoti beriladigan klubga o'tmoqchi. U o'tgan mavsum MYU tarkibida 4 ta o'yindagina maydonga tushgandi.

Futbolchiga "Norvich" klubi qiziqayotgani ma'lum qilingan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News