Breaking: Shomurodov "Roma" a'zosiga aylandi!

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2021
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Roma" Eldor Shomurodovning transferini hal etdi.

Transfer tez orada rasman e'lon qilinadi. 

Rimliklar O'zbekiston terma jamoasi hujumchisini 16 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldilar. Shomurodov endi 2026 yilgacha "Roma" manfaatlarini himoya qiladi. "Jenoa" futbolchining keyingi sotuvidan ma'lum miqdorda pul ishlab oladi.

26 yoshli hujumchi "Rostov"dan "Jenoa"ga o'tgan yilning oktyabrida 7,5 million evroga o'tgan edi.

Forvard 32 o'yinda 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani qayd etdi.

Joze Mourinyu boshchiligidagi "Roma" yangi mavsumda Konferenciyalar Ligasida o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira