Breaking! O'rinboev faoliyatini Belgiyada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2025
Bir muddat "Brentford B" jamoasida harakat qilgan vinger Yevropaga yo'l olmoqda.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, "Paxtakor" futbolchisi Muhammadali O'rinboev Belgiyaning "Antverpen" jamoasi safiga qo'shilmoqda.

20 yoshli O'rinboev joriy mavsum "sherlar" safida 14 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

"Antverpen" Belgiyaning 5 karra chempioni bo'lib, mashhur himoyachi Tobi Alderveyreld mazkur jamoa sardori hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia