Breaking: "Cheju Yunayted" Islom Kenjaboev bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
30 iyun 2021, 00:58
Bu haqda Janubiy Koreya OAV xabar tarqatdi.

"Cheju Yunayted" hamyurtimiz bilan shartnomani bekor qildi. 

21 yoshli "Nasaf" sobiq vingeri 2020 yilning dekabrida Janubiy Koreyaning "Cheju Yunayted" klubiga o'tgandi.  U klub safida K1 liga doirasidagi 1 ta o'yinda qatnashdi. Shuningdek, Janubiy Koreya Kubogida 1 ta o'yinda maydonga tushdi, xolos.  

Ma'lumot uchun, Islom Kenjaboev 15 yoshida O'zbekistonda “eng yaxshi yosh futbolchi” deb topilgani bilan muxlislar orasida mashhurlikka erishgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia