Breaking! Bobir Abdixoliqovga 2 xorij klubi taklif yubordi

Tolibjon Qosimov
19 dek 2022
Bir necha kun oldin "Energetik-BGU" hujumchisi Bobir Abdixoliqovga Xorvatiyaning "Xayduk" jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.

Breaking! Xorvatiya klubi Bobir Abdixoliqovga ko'z tikdi

"Championat.asia" sayti ma'lumotiga ko'ra, Bobirga yana ikkita xorij klubidan qiziqish bildirilgan. Polshaning "Lexiya" (Gdansk) hamda Vengriyaning "Debrecen" (Debrecen) jamoalari Abdixoliqov uchun rasmiy taklif yuborishgan.

"Debrecen" bosh murabbiyi Srdjan Blagoevich shaxsan o'zi Bobir bilan aloqaga chiqqan.

"Lexiya" o'tgan mavsum Polsha Ekstraklasasida 4-o'rinni egallagan. Bu yilgi chempionatda esa hozircha 14-pog'onada bormoqda. Yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida jamoa yangi hujumchi olib kelmoqchi.

"Debrecen" esa ayni paytda Vengriya "OTP Bank Liga"sida 7-o'rinda bormoqda.


Eslatib o'tamiz, Bobir ortda qolgan mavsum Belarus chempionatida 26ta gol bilan to'purar bo'ldi va qator individual sovrinlarni o'ziniki qilib oldi.

Bobir Abdixoliqov - Belarus chempionatining eng yaxshi futbolchisi! U 4ta nominaciyada g'olib bo'ldi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia