Braziliyaning ikki klubi Dani Alvesga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
2 iyul 2022
"Barselona" sobiq futbolchisi Dani Alves Braziliyaga qaytishi mumkin.

"Atletiko Paranaense" prezidenti 39 yoshli himoyachi bilan muzokaralarni shaxsiy nazoratiga oldi. 

Tajribali futbolchi Braziliya terma jamoasi tarkibida 2022 yilgi Jahon chempionatiga yo'l olishi uchun o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak.

Shuningdek, Alvesga yangi klubidan moliyaviy kafolat kerak, chunki u 2019 yildan 2021 yilgacha o'ynagan "San-Paulu" hamon undan 3,75 million dollar qarzdor va har oy ma'lum miqdorda to'lab turibdi.

Bundan tashqari, Dani Alvesga "Fluminense" tomonidan qiziqish mavjud, biroq klubda futbolchiga katta maosh to'lash uchun mablag' yo'q.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo Esporte