Braziliyalik futbolchi Xitoy klubiga o'tdi

Alisher
30 iyul 2019
"Spartak" va "Beyczin Goan" klublari yarim himoyachi Fernando borasida kelishib olishdi.

Bu haqda rus klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

27 yoshli braziliyalik futbolchi "qizil-oqlar" tarkibiga 2016 yil yozida kelib qo'shilgan edi.

Fernando faoliyati davomida "Spartak"dan tashqari "Gremio", "Shaxtyor" va "Sampdoriya" klublarida o'ynagan.

Tayanch yarim himoyachisi 2012-2013 yillar davomida Braziliya terma jamoasida ham o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcsm_official