Agent Alvaresning "Atletiko" bo'yicha poziciyasini oshkor qildi

Alisher Ostonov
25 okt 2025
Madridning "Atletiko" klubi forvardi Xulian Alvaresning manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Fernando Idalgo argentinalik futbolchining "matraschilar" safidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Matbuotdagi barcha ma'lumotlar mish-mishdir. Klub Xulianga jamoa natijalariga qo'shgan hissasi uchun yaxshiroq kelishuv taklif qilishga tayyor. Alvares jamoaning eng muhim o'yinchilaridan biri, u "matraschilar" loyihasiga sodiq", - dedi agent.

25 yoshli argentinalik joriy mavsum 11 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Calciomercato