

Ma'lumotlarga ko'ra, bu terma jamoalar 2024 yilning may oyida diskriminaciyaga qarshi kurash maqsadida o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi.
Ispaniya va Braziliya futbol federatsiyalari prezidentlari qo'shma bayonotda "avvaldan yaxshi bo'lgan munosabatlarni mustahkamlash"ga umid bildirishdi.
Braziliyaning irqiy tenglik ishlari bo'yicha vaziri Aniel Frankoning ma'lum qilishicha, ikki mamlakat rahbarlari "Real" vingeri Vinisius Junior "Valensiya" muxlisining haqoratlari qurboni bo'lishidan avval memorandum imzolagan.



