Braziliya terma jamoasining sentyabr oyidagi o'yinlar uchun tarkibi ma'lum. Ro'yxatda 2007 yilda tug'ilgan bolakay ham bor

Khoja
25 avg 2024
Braziliya milliy jamoasining sentyabrdagi o'yinlarga tarkibi e'lon qilindi.

Bosh murabbiy Dorival Junior JCH-2026 saralashi doirasidagi Ekvador (7 sentyabr) va Paragvayga (11 sentyabr) qarshi bahslarga quyidagi futbolchilarni chaqirdi. 

Tarkibdan "Palmeras"ning 2007 yilda tug'ilgan futbolchisi Estevan ham joy oldi.

Darvozabonlar: Bento Krepski (An Nassr), Ederson (Man Siti), Alisson (Liverpul);

Himoyachilar: Danilo (Yuventus), Yan Kouto (Borussiya Dortmund), Gillerme Arana (Atletiko Mineyro), Vendell Borjes (Portu), Markinos, Lukas Beraldo (ikkalasi – PSJ), Gabriel Magalyaes (Arsenal), Eder Militao (Real);

Yarim himoyachilar: Andre Neto (Fluminense), Joao Gomes (Vulverhempton), Jerson Santos (Flamengo), Bruno Gimaraes (Nyukasl), Rodrigo (Real), Lukas Paketa (Vest Hem);

Hujumchilar: Endrik (Real), Estevan (Palmeyras), Luis Enrike Andre (Botafogo), Vinisius Junior (Real), Savio Moreyra (Manchester Siti), Pedro Abreu (Flamengo).


KhojaMuallif
Manba: sports.ru