Braziliya terma jamoasini kim boshqarishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024
"Selesao" milliy chempionatdan murabbiy topdi.

"San-Paulu" bosh murabbiyi Dorival Juniorning ketishini e'lon qildi. U Braziliya terma jamoasini boshqaradi. Mutaxassisning o'zi bu ma'lumotni tasdiqladi.

Mutaxassis "San-Paulu"da 2023 yilning aprelidan buyon ishlab kelayotgandi.

Dorival deyarli butun murabbiylik faoliyatini Braziliyada o'tkazgan. Bundan oldin u "Flamengo", "Searu", "Atletiko Paranaense", "Santos", "Palmeyras", "Kuritiba" va boshqa jamoalarni ham boshqargan.

Ayni paytda Braziliya terma jamoasi 6 uchrashuvda 7 ochko jamg'argan holda JCH-2026 saralash bosqichida 6-o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN