Braziliya terma jamoasi ustozi: "Bu biz favorit bo'lmagan birinchi Kopa Amerika"

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2024
Braziliya terma jamoasi ustozi Dorival Junior Kopa Amerikada uning shogirdlari favorit emasligini aytdi.

"Bizning kontinentda e'tiborni tortadigan uchta jamoa bor. Bu Argentina - Kopa Amerika va JCHning amaldagi chempioni. Jamoa hurmatga loyiq. Kolumbiya ham ro'yxatda, ular o'syapti. Ham katta ishlarni amalga oshirishga ulgurgan Urugvay.

Biz judayam ehtiyotkor bo'lishimiz kerak. Har bir bahsda diqqatimizn bir joyga jamlay olishimiz lozim.

Agar bunday narsalrga e'tibor bermasak, katta tavakkalga qo'l urgan bo'lamiz.

Braziliya terma jamoasini doim hurmat qilishgan, ammo bu biz yetakchi bo'lmagan birinchi Kopa Amerika bo'lsa kerak. Bu haqiqat" - dedi Dorival Junior.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo