Braziliya terma jamoasi futbolchisi Xitoy klubiga o'tishi mumkin

Alisher
26 iyul 2019
"Czyansu Sunin" Braziliya terma jamoasi o'yinchisiga qiziqmoqda.

"Inter" markaziy himoyachisi Joao Mirandaning Milan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan.

"Czyansu Sunin" o'yinchiga yiliga 5 million evro maosh berishga tayyor.

Himoyachi sal oldinroq Braziliya terma jamoasi bilan Kopa Amerika kubogini qo'lga kiritdi.

34 yoshli Miranda "Inter"ga 2016 yil yozda "Atletiko"dan o'tgan edi.

U yakunlangan mavsum "Inter" tarkibida, barcha turnirlarda 20ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia