"Vulverxempton" futbolchisi uchun MYU bilan birga "Atletiko" ham kurashadi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2026, 23:33
"Atletiko" "Vulverxempton" hujumchisi Joao Gomes uchun "Manchester Yunayted" bilan raqobatlashmoqchi.

"ESPN" nashrining yozishicha, Konor Gallaxerning "Tottenxem"ga o'tishi sababli Madrid klubi o'ziga markaziy yarim himoyachi izlamoqda. Gallaxerning transferidan keyin klubda boshqa futbolchini sotib olish uchun mablag' paydo bo'lgan.

Gomes ushbu mavsumda barcha turnirlarda 24 o'yinda qatnashib, 1 golli pas amalga oshirdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2030 yil yozigacha davom etadi.

Uning transfer summasi 40 million evro atrofida baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN