Braziliya terma jamoasi Amerika Kubogi-2019 uchun formasini taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
10 apr 2019
Braziliya terma jamoasining Amerika Kubogi-2019da foydalanadigan libosi taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Forma braziliyaliklarning 100 yillik g'alabasiga atab ishlab chiqarilgan. O'shanda ular Urugvayni mag'lub etishgan edi.




Asosiy rang  - oq va ko'k. Bu ranglardagi libos 1950 yil, Braziliya terma jamoasi JCH finalida mag'lub bo'lguniga qadar ishlatilgan.

Amerika Kubogi 14 iyundan 7 iyulgacha Braziliyada o'tkaziladi. Turnirda Qatar va Yaponiya terma jamoalari ham ishtirok etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/CBF_Futebol