Braziliya JCH-2026 saralashida ketma-ket ikkinchi marta mag'lub bo'ldi va 5-o'ringa tushib ketdi

Aziz Tukhtamuradov
17 noya 2023
Braziliya terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida safarda Kolumbiyaga mag'lub bo'ldi (1:2).

Bungacha jamoa safarda Urugvayga ham yutqazgandi (0:2).

5 ta turdan so'ng Braziliya turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. 

Janubiy Amerikadan JCHga 6 ta terma jamoa chiqadi. 7-terma jamoa esa boshqa qita vakili bilan pley-off o'yinlarida qatnashadi. 

Qo'shimcha ma'lumot: Ekvador terma jamoasi hujjat sohtalashtirilgani uchun uch ochkodan mahrum qilingan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia