Braziliya futbol konfederatsiyasi terma jamoaga Gvardiolaning bosh murabbiy bo'lishini istamoqda

Оқил Абдубарноев
11 dek 2022
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod nomi ma'lum bo'ldi.

Manbaning xabariga ko'ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani terma jamoa boshqaruqiga kelishini istamoqda. Murabbiyning ingliz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, avvalgi murabbiy Tite Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgach, Braziliya terma jamoasidan ketishini e'lon qilgandi. 61 yoshli mutaxassis 2016 yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Calciomercato