

Braziliya futbol federatsiyasi Karlo Anchelottining Braziliya termasi bosh murabbiyi bo'lishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Tashkilot murabbiy bilan kelishib olingani borasidagi gaplar asossiz ekani borasida rasmiy bayonot berdi.
Ma'lumot uchun, avvalroq Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lish borasida kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Anchelottining "Real Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar amal qiladi.



